65 yildan ortiq tajriba

“Neftgaztadqiqot” AJ

Neftgaztadqiqot aksiyadorlik jamiyati Mamlakatimiz tarixida birinchi neft va tabiiy gaz konlarini o`zlashtirish ishlari boshlanishi asnosida, o‘zida yuqori ilmiy-texnik salohiyat shuningdek olim va mutaxassislarning boy tajribasini jamlagan holda 1959 yilda Markaziy ilmimy tadqiqot laboratoriyasi (СНИЛ) nomi bilan tashkil topgan.

Neftgaztadqiqot aksiyadorlik jamiyati Markaziy Osiyoda neft va gaz qazib olishning tarixiy rivojlanishi bilan uzviy bog'liqdir. Uning mehnat jamoasi O‘zbekiston Respublikasining milliy boyligi bo‘lgan tabiiy xom ashyoni qazib olish va o‘zlashtirishga katta hissa qo‘shdi.

Korxonaning tashkil etililishidan ko`zlangan asosiy maqsad, neft va gaz konlarini tadqiq etish, kon uskunalari va quvurlarini elektr-kimyoviy hamda ingibitorli himoya qilish, qazib olinayotgan gazlar, gaz kondensatlari, neftlar va qatlam suvlarining xususiyatlari va tarkiblarini ilmiy tadqiq etish, ularni naqliyotga tayyorlash, hamda tashish texnologiyalarini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot ishlarini amalga oshirishdan iborat.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining birinchi kunlaridan sohaning yangi hayoti, neft va gaz sanoati rivojlanishining yangi bosqichi boshlandi. Mamlakat rahbariyati ushbu sohaning keng koʻlamli rivojlanishiga katta ahamiyat berdi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishishi va 1992 yildan respublikada iqtisodiy islohotlar boshlanishi bilan neft-gaz kompleksiga alohida e'tibor qaratila boshlandi.

“Neftgaztadqiqot” aksiyadorlik jamiyati jamoasi umumiy yig`ilishi va O`zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo`llab- quvvatlash qo`mitasi Buxoro viloyat boshqarmasining 1995 yil 12 oktyabrdagi 406-sonli buyrug`i asosida xususiylashtirish orqali ta`sis etildi.

Buxoro shahar hokimining 1995 yil 30 noyabrdagi 2654-sonli qaroriga asosan “Neftgaztadqiqot” ochiq aksiyadorlik jamiyati sifatida faoliyat yurita boshlagan. 2014 yil 22 avgustdagi umumiy yig`ilish bayonnomasi bilan “Neftgaztadqiqot” ochiq aksiyadorlik jamiyati,“Neftgaztadqiqot” aksiyadorlik jamiyatiga o`zgartirildi.

Hozirgi kunga kelib “Neftgaztadqiqot” aksiyadorlik jamiyati Sanoat korxonalari shuningdek neft va gaz tarmog`ining barcha faoliyat sohasini qamrab olgan holda yuqori malakali mutaxassislarni jamlab 50 dan ortiq korxonalar bilan hamkorlikda 65 yil davomida o`z faoliyatini davom ettirib kelmoqda.


Loyihalar



Neft va gazni qayta ishlash mahsulotlari sinov laboratoriyasi

«Neftgaztadqiqot» AJ tarkibidagi neft va gazni qayta ishlash mahsulotlari sinov laboratoriyasi O‘zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimida akkreditatsiya qilingan.

Ekologik-analitik laboratoriya

O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi tomonidan attestatsiya qilingan ekoanalitik laboratoriya.

Ingibitorli himoya va Elektr-kimyoviy muhofaza laboratoriyalari

«O‘zstandart» agentligi tomonidan attestatsiya qilingan ingibitor ximoyasi hamda elektr-kimyoviy muhofaza sinov laboratoriyalari.

Xalqaro standartlar talablariga javob beradigan tadqiqot laboratoriyalari

Laboratoriyalar xalqaro standartlar talablariga javob beradi va tadqiqotlarni yuqori darajada o‘tkazadi.

Loyihalar

Bizni nima uchun tanlashadi

Bizning afzalliklarimiz

Xalqaro darajada shahodatlangan, yuqori sifatli tadqiqotlarning zamonaviy asbob-uskunalar bilan amalga oshirilishi

ko'proq
Professional va fidoyi jamoa

Faoliyat yo'nalishlari bo'yicha yuqori malakali mutaxassislarning mavjudligi.

ko'proq
Ilmiy-tadqiqot ishlarining arzonligi

Premium xizmat paketlari va tadqiqot va ishlanmalar uchun optimal narxlar.

ko'proq
24/7 qo'llab quvvatlash

Korxonaning geografik joylashuvi hisobiga tadqiqotchi guruhlarning yuqori darajada mobilligi

ko'proq


Yangiliklar


Barqaror rivojlanish uchun
muhim ilmiy tadqiqotlar

Tashkil etilgan sanadan boshlab, “Neftgaztadqiqot” АJ
rivojlanishining asosiy yoʼnalishlari – eng yangi texnologiyalarni oʼzlashtirish va yuqori malakali
mutaxassislarni jalb qilish orqali olib boriladigan tadqiqot ishlari sifatini, amalga oshirilgan ishlarning
tezkorligini, oʼlchovlarning aniqligini muntazam ravishda oshirishdan iborat boʼlmoqda.