Kon uskunalari va quvurlarning ingibitorlik himoyasi holatlarini baholash. Metallning vodorodlanish darajasini va qo'llanilayotgan ingibitorlarning samaradorligini aniqlash. Neft, gaz qazib chiqaruvchi, ularni qayta ishlovchi korxonalar bilan bog'liq quduq, quvur, rezervuar va boshqa uskunalarning yemirlish holatini kuzatish. Quduqlardan chiqib ketaayotgan temir ionlari va ingibitorlarning miqdorini aniqlash bo'yicha laboratoriya tahlillari uchun suyuqliklardan namuna olish. Yemirilish tezligini gravimetrik aniqlash. Yemirishga qarshi choralar bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish va ularning bajarilishini nazorat qilish.